2023- yilning 1- yanvar holatiga  Xonqa tumanidagi  yirik shoxli qoramollarning soni 120,2 ming boshni tashkil qilgan.

2023- yilning   1- fevral holatiga Shovot tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 1 905 tani tashkil qilgan.

Gurlan tumanining  2023- yil yanvar oyidagi tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 3,4 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

Shovot tumanida joriy yilning yanvar oyida  7,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yil  yanvar oyida  Xonqa tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 58,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Joriy yilning yanvar oyida  Yangibozor tumani chakana savdo tovar aylanmasining hajmi 16,0 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Qo‘shko‘pir tumanida 2023- yilning yanvar oyida 39,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, shuning 75,6 %i yoki 29,8 mlrd so‘mi yirik sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Gurlan tumani bozorlarida o‘tkazilgan uyushmagan savdo tanlanma kuzatuvi natijalari jismoniy shaxslar tomonidan 2023- yilning yanvar oyida chorva (parranda) va dehqon (oziq-ovqat) bozorlarida amalga oshirilgan savdo hajmi 16,1 mlrd so‘mni tashkil qilganini ko‘rsatgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 3,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 698 tonna kofe import qilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, banan narxi 2023- yil yanvar oyidagi 0,2 % lik oʻsishdan soʻng fevral oyida 1,6 % ga arzonlashdi. Umuman olganda, yanvar-fevral oylari davomida uning narxi 1,4 % ga arzonlashdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida O‘zbekiston 4 ta xorijiy davlatdan qiymati 135,3 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 3 014 dona velosiped import qilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yil 1- mart holatiga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13 161 tani tashkil etgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga Xorazm viloyati aholisining kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 72,7 yoshni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022–  yilning yanvar– dekabr oylarida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmi 10 743,8 mlrd so‘mni tashkil etib,uning 7,3 %i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasigaga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning  yanvar oyida Yangiariq tumani xorijdan 3,3 mln AQSH dollarlik mahsulot va xizmatlarni import qilgan.

Xiva tumanida joriy  yilning yanvar oyida  48,6 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

Gurlan tumanida 2023- yilning 1- fevral holatiga 1 672 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritgan.

2023- yilning  yanvar oyida Urganch shahrida 68 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.