IMG0077
IMG0079

Rasmiy nomi:

XORAZM VILOYATI STATISTIKA BOSHQARMASI

Rus tilida:

УПРАВЛЕНИЯ СТАТИСТИКИ ХОРЕЗМСКОЙ ОБЛАСТИ

Ingliz tilida:

KHOREZM REGIONAL DEPARTMENT OF STATISTICS

 

  

Huquqiy asos

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002- yil 24- dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida” PF- 3183- son Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan.
  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 31- iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 3165- son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 2- sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690- son qarori bilan tasdiqlangan.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9- apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ- 4273- sonli qarori
  • O‘zbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 611- sonli Qonuni
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 4796- sonli qarori
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 6- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 690- son qarori
Asosiy majburiyatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qaroriga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • rasmiy statistika sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, rasmiy statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash;
  • rasmiy statistika sohasini muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish;
  • xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiya va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish;
  • ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish;
  • davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika ma’lumotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash;
    Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalar tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish;
  • davlat statistikasi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarning respublikaning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining rivojlanishidagi, shuningdek, aholi turmush darajasidagi sifat o‘zgarishlarini yanada to‘liq ochib beruvchi ko‘rsatkichlarning keng ro‘yxatidan erkin foydalanishlarini ta’minlash;
  • Statistika agentligi markaziy apparati va uning tarkibiy bo‘linmalarining ish usullari va shakllarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, yuklangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning mas’uliyatini oshirish;
  • ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Ustivor yo‘nalishlar

  • statistika organlarini talab yuqori bo‘lgan, sifatli va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirishga, statistika ma’lumotlarining shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan professional mustaqil xizmatga aylantirish;
  • statistika sohasida yagona siyosatni amalga oshirishga qaratilgan vakolat va majburiyatlarni mustahkamlash orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashining to‘liq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
  • ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, nashr etish va saqlash bo‘yicha yaxlit tizimni tashkil etish;
  • rasmiy statistikani ishlab chiqarish, tarqatish va muvofiqlashtirish maqsadida mamlakatning butun milliy statistika tizimi doirasida qo‘llaniladigan uslubiy asoslar va boshqaruv tamoyillarini takomillashtirish;
  • idoraviy ma’lumotlar bazalarini yagona ma’lumotlarni boshqarish tizimiga integratsiya qilish orqali kuzatuvlarni bosqichma-bosqich optimallashtirish va respondentlardan hisobot topshirish yukini kamaytirish, shuningdek, ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazish va yalpi statistika hisobotlarini tanlanma kuzatuvlar bilan almashtirish hisobiga statistikani shakllantirish tizimini takomillashtirish;
  • statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali hamkorlik siyosatini yo‘lga qo‘yish va mavjud statistika ma’lumotlari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish orqali foydalanuvchilarning statistika axborotlariga bo‘lgan ishonchini oshirish;
  • davlat statistika organlari faoliyatini moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlashni yanada yaxshilash, xodimlarning samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining samarali joriy etilishi hisobiga hududiy statistika organlari tuzilmalari va ularning vazifalarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish;
  • davlat statistika organlari xodimlarining kasbiy darajasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni olib borish hamda kelgusida amaliyotda qo‘llash uchun ilg‘or statistika usullari va texnologiyalari, shu jumladan ochiq ma’lumotlar sohasida innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish.
Vakolatlari

  • Davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil qilishning samarali tizimini ta’minlash, davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solishni amalga oshirish;
  • xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiyani va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish;
  • ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistik axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish;
  • davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash;
  • korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalarni yuritish;
  • Davlat statistikasi tizimining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga respublikaning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyotning tarmoq va sohalari rivojlanishidagi, shuningdek aholi turmush darajasidagi sifatiy o‘zgarishlarni ochib beruvchi ko‘rsatkichlardan erkin foydalanish imkonini ta’minlash;
  • Statistika agentligi markaziy apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish;
  • boshqa rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilarning statistika metodologiyalarini xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkazish va audit natijalariga ko‘ra, vazirlik va idoralarga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
  • kuzatuvlarni o‘tkazish, rasmiy statistika materiallarini shakllantirish va tahlillarni amalga oshirish maqsadida vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro elektron bog‘lanish.