Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,   Xiva shahrining  joriy  yilning yanvar oyidagi chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 25,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur’ati 88,8 % darajada qayd etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida Tuproqqal’a tumanining  xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 23,7 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2023- yil  yanvar oyida  Urganch tumanining eksport hajmi 1,9 mln AQSH dollarini tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 22 dona avtobus ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 22,0 martaga oshgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekistonga 14 ta xorijiy davlatdan qiymati 1,9 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan musiqa asboblari va ularning qismlari import qilingan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar oyida xorijiy davlatlarga qiymati 1,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 502,4 ming juft sport oyoq kiyimlarini eksport qilgan. 

2022- yil yanvar-dekabr oylarida Xorazm viloyatida jami 8,8 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Ulardan 66,5 % i yangi qurilishlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha 17,9 % hamda boshqa xarajatlarga 15,6 % investitsiyalar yo‘naltirildi.

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra,  Gurlan tumanida 2023- yilning yanvar oyida  ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 6,0 mlrd so‘mni yoki umumiy xizmatlar hajmining 12,8 %ini tashkil qilgan.

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra,  Urganch tumani sanoatida 2023- yilning yanvar oyida 15,7 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Hazorasp tumanida joriy yilning  yanvar oyida  faoliyat yuritayotgan 70 ta qurilish tashkiloti tomonidan hajmi 11,9 mlrd so‘mga teng bo‘lgan qurilish ishlari bajarilgan.

Yangibozor tumanida  2023- yil 1- fevral holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 273 tani tashkil qilgan.

Bog‘ot tumanida 2023- yilning  1- fevral holatiga 42 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan bo‘lib, shuning 41 tasini kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  Urganch shahriga shu yilning yanvar oyida xorijdan 5,4 mln AQSH dollarlik tovar (xizmatlar)ni import qilingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2023- yilning yanvar oyida Qo‘shko‘pir tumanida uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 14,5 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur’ati 156,3%ga teng bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  viloyat bo‘yicha  2023- yilning yanvar oyida  ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,6 %ni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida viloyatimizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 20,4 mlrd so‘mni tashkil qilib,  o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,3 mlrd so‘mga oshgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  Xonqa tumanida joriy yilning yanvar oyida kichik biznes subyektlari tomonidan 25,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, jami sanoatdagi ulushi 36,1 %ni tashkil qilgan.

Joriy yilning  yanvar oyida viloyatimizda 72 ta yangi sanoat korxonasi tashkil etilgan.