09/03/2023

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 3,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 698 tonna kofe import qilgan.

Kofe importi 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 57,7 tonnaga kamaygan.

2023- yilning yanvar oyida O‘zbekistonga import qilingan kofening eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:

— Rossiya – 283 tonna
— Malayziya – 218 tonna
— Indoneziya – 70 tonna
— Italiya – 33 tonna
— Braziliya – 27 tonna
— BAA – 26 tonna
— Germaniya – 14 tonna

Matbuot xizmati