2023- yilning yanvar oyida Hazorasp  tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 67,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 81,4 %ga teng bo‘lgan.

2023- yilning yanvar oyida  viloyatimizning MDH davlatlariga mahsulot (xizmat)lar eksporti hajmi 9,1 mln AQSH dollarini tashkil etib, bu ko‘rsatkich jami eksportning 46,2%ga teng bo‘lgan.

Xorazm viloyatida  2023- yilning  yanvar oyida  suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sohasida yirik sanoat korxonalari tomonidan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 9,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan (2022- yilning shu davriga nisbatan 2,9%ga oshgan).

Joriy yilning yanvar oyida  viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan yirik sanoat korxonalari tomonidan 2035,5 tonna paxtadan yigirilgan ip ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyatining Qozog‘iston bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar oyida 3,0 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar oyida  elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 66,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Statistika agentligi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,4 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar oyida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet va boshqalar xizmatlar) toʻgʻri keladi. Ularning ulushi 66,4 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar oyida 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 13 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 389 dona elektromobil import qilgan.

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan nodavlat umumta’lim tashkilotlari soni jami 194 tani tashkil etgan.

Xorazm viloyatida 2022– yilning yanvar– dekabr oylarida  qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 910 ta kichik korxona va  mikrofirma yangi tashkil etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022– yilning yanvar– dekabr oylarida  viloyatimizda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 23 304,0 mlrd so‘mni tashkil etib, shuning 27,7 %i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Xorazm viloyatiga  2023– yilning  yanvar  oyida  import qilingan mahsulot va xizmatlar  tarkibida eng katta hajm oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 20,9 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

2023- yilning yanvar oyida viloyatimiz xorijga 2,2 mln AQSH dollarlik (jami eksportning 10,9%) turli xil tayyor buyumlarni eksport qilgan.

Xorazm viloyatida  2023- yil  yanvar oyida ko‘rsatilgan shaxsiy xizmatlarning hajmi 33,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yilning  1- fevral holatiga Xonqa tumanida 1 932 ta kichik biznes subyektlari faoliyat yuritgan.

Xiva shahrida joriy  yilning yanvar oyida  2,7 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatilgan.

2023- yilning yanvar oyida  Xiva tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 16,6 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,3% darajada qayd etilgan.