10/03/2023

2023- yil  yanvar oyida  Xonqa tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 58,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi o‘rtacha 304,4 ming so‘mga teng bo‘lgan.

Viloyatning jami xizmatlar hajmida Xonqa tumanining ulushi 6,7%ni tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra, xizmatlar tarkibida eng yuqori hajm savdo xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 21,1 mlrd so‘m (jamiga nisbatan 35,8%)ni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati