2023-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 161 tani, shundan qo‘shma korxonalar 5 247 ta va xorijiy korxonalar 7 914 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 14 212,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 46,0 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Xorazm viloyatida 2,7 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023- yil yanvar-fevral oylarida  viloyatimizda 992 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan.

2023- yilning yanvar oyida viloyatimizning Xitoy Xalq Respublikasi bilan  tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 5,1 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar oyida  Shovot tumanining chakana tovar aylanmasi hajmi 40,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xiva tumanida joriy yilning yanvar oyida  kichik biznes subyektlari tomonidan jami sanoat ishlab chiqarishining 47,8 %ni tashkil qilgan 14,0 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

2023- yilning yanvar oyida  Bog‘ot tumanida hajmi 5,5 mlrd so‘mlik bino va inshootlar qurilishi bajarilgan.

2023- yil  yanvar oyida  Yangibozor tumanida 4,7 mlrd so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan.

Joriy yilning   yanvar-fevral oylarida Gurlan tumanida 74 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- mart holatiga faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi):

2023- yilning 1- mart holatiga Urganch shahrida axborot va aloqa bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni  124 tani tashkil qilgan.

2023- yilning 1- mart holatiga viloyatimizda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni   o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  6,8 foizga oshgani holda 593 taga yetgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- mart holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni  22 555 tani tashkil etgan.

Viloyatimizning barcha hududlarida narx kuzatuvlari o‘tkazilmoqda.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududlarga chiqqan holda,  uy-joylarning  joylashuvini xaritalar asosida aniqlashtirish, xonadonlarning raqamlanish holatini o‘rganish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning   13-14- mart  kunlari viloyatimizning bir qator  shahar va tumanlarida yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning faoliyati  tanlanma asosda kuzatildi.

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-fevral oylarida 871 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.