Loading...
Kengash quyidagilarni amalga oshiradi:
statistika faoliyati samaradorligini yanada oshirish, viloyat statistika organlarining funksiyalari va vazifalarini takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda, viloyat statistika organlari faoliyatining qonun hujjatlarida belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tanqidiy koʻrib chiqish;
davlat statistikasi sohasidagi siyosatni amalga oshirishda Boshqarma faoliyatida boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
davlat statistika ishlari bajarilishining borishi natijadorligini har chorakda tanqidiy koʻrib chiqish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq kabulxonalaridan tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan samarali nazoratni taʼminlovchi ijro intizomi darajasini oshirish, viloyat da davlat statistikasi sohasidagi eng muhim muammolarni hal etish boʻyicha aniq chora- tadbirlar ishlab chiqish;
Boshkarma tarkibiy boʻlinmalari va tuman (shahar) statistika boʻlimlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishni tazimli asosda tashkil qilish, ularga yuklangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirishni taʼminlash.
Kengash Boshqarma vakolataga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Kengash uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan takdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chikilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinali.
Kengash qarorlari bayonlar bilan rasmiylashtariladi va Boshqarma boshligining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Kengash faoliyatining tartibi uning kengash tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
Kengash yigʻilishlari, qoida tariqasida, har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.