Xorazm viloyati 2023- yilning  yanvar oyida xorijdan 2,6 mln AQSH dollari qiymatidagi sanoat tovarlarini import qilgan.

Tuproqqal’a tumanida 2023- yilning yanvar oyida 22,4 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

Joriy yilning yanvar oyida Urganch tumanida hajmi 56,2 mlrd so‘mlik ulgurji savdo amalga oshirilgan.

Yangiariq tumanida  2023- yil yanvar oyida 69,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yil  yanvar oyida  Urganch shahrining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 115,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Xorazm viloyati bo‘yicha  joriy yilning  1- mart holatiga 5 079 ta xususiy korxona faoliyat yuritgan.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda 998 ta yangi  korxona va tashkilot tashkil etilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- mart holatiga davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 31 835 tani tashkil qilgan.

Bugun, 10- mart kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev tomonidan Gurlan tumanidagi  aholiga xizmat ko‘rsatish obyektlarida  iste’mol narxlari indeks (INI) kuzatuvi o‘tkazildi.

2023- yilning 10-  mart kuni Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida narx kuzatuvi dislokatsiyasiga tushgan aholiga xizmat ko‘rsatish  shahobchalarida navbatdagi narx kuzatuvi o‘tkazildi.

Bugun, 10- mart  kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov   va boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi  mutaxassisi  Sh.Xudoyberganovlar Qo‘shko‘pir  tumanidagi “Tegalak” mahallasida uy xo‘jaliklarining tanlanma kuzatuvini o‘tkazdilar.

2023- yilning  9- mart kuni  Urganch shahridagi  “Ko‘hna qal’a” mahallasida  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan “Mahallada targ‘ibot” tadbiri doirasida qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘ibotiga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 10- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy mavzuda seminar o‘tkazildi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda respublika bo‘yicha jami 24,3 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida O‘zbekiston 30 ta xorijiy davlatlarga qiymati 6,3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 7,5 ming tonna mayiz eksport qilgan.

2023- yilning 1 fevral holatiga ko‘ra, 315,1 mingta kichik tadbirkorlik subyektlari xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra,  2023- yilning yanvar-fevral oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida 238 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

Xorazm viloyati  joriy yilning yanvar oyida xorijiy davlatlarga  7,7 mln AQSH dollari qiymatidagi 2,8 ming tonna sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan.