Shovot tumani sanoatida  shu yilning  yanvar oyida 59,5 mlrd so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Urganch tumanida  joriy  yilning yanvar oyida norasmiy sektor tomonidan  jami qurilish ishlarining 51,1 %ga teng bo‘lgan 4,8 mlrd so‘mlik ishlar bajarilgan.

2023- yil  yanvar oyida  Hazorasp tumani tashqi savdo tovar aylanmasida importning ulushi 76,8 %ni yoki 2,2 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar oyida Yangibozor tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi 2,4 mln AQSH dollarini tashkil etib, hajm 100% eksport hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2022- yil yakunlari bo‘yicha Xorazm viloyatida YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 46,0 %, sanoat – 14,4 %, qurilish – 6,9 % va xizmatlar sohasi – 32,7 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning  7- mart  kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari  X.Egamov  boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi  mutaxassisi  A.Qurbanov  bilan birgalikda Bog‘ot  tumanidagi “Dehqonbozor” mahallasida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazdilar.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar oyida 20 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,6 ming tonna choy import qilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatdan qiymati 58,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2 193 ta yengil avtomobil import qilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasida 831 nafar erkaklar 60 va undan yuqori yoshda farzandli bo‘lishgani qayd etilgan.

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasida toʻrtinchi marta farzandli boʻlgan ayollar soni 96,8 ming kishini tashkil etib, 2021-yilga nisbatan solishtirilganda 15,7 ming kishiga (19,4%) koʻpaygan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023– yilning 1– yanvar holatiga viloyatimizdagi otlarning umumiy bosh soni 5,8 mingtaga yetdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xiva tumanida 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida 3 231 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yil 1- yanvar holatiga viloyatimiz doimiy aholisining tarkibi jinsi va yosh guruhlari bo‘yicha (65 yoshgacha bo‘lganlar 5 yillik yosh intervalida, 65 va undan yuqori yoshdagilar esa jamlangan holda) tahlil qilinganda, erkaklar tarkibida 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar eng yuqori ko‘rsatkichni, ya’ni 103,4 ming kishini tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2023- yilning  yanvar oyida viloyatimizda kichik biznes subyektlari tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning hududlar kesimidagi hajmi:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  viloyatimizda 2023- yilning ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 209,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, hududlar kesimida umumiy hajm quyidagicha taqsimlangan:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda  2023- yilning yanvar oyida  me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar  hajmi 13,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Yangiariq tumanida shu yilning  1- fevral holatiga1 775 ta korxona va tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa, shundan 1 592 tasi faoliyat yuritmoqda.