Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra,  viloyatimizda 2023- yilning 1- fevral holatiga yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 719 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yil yakunlari bo‘yicha viloyatning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati  2021- yilning shu davriga nisbatan 103,4 %ni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida  2023- yil  1- fevral holatiga xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,4 %ga oshgan va 183 taga yetgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga koʻra transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 51,0 % ni tashkil etdi. Transport xizmatlarida havo transporti orqali koʻrsatilgan yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarning ulushi 14,2 %.

2023- yilning yanvar oyida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha bajarildi. Jami qurilish ishlarining   65,8 % i yoki 3 296,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obektlarni  yaratishga qaratildi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatining aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) hajmi 16 465,7 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 3,9 % ga o‘sdi. 2018- yil bilan solishtirilganda Xorazm viloyatining aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan YAHM hajmi o‘sish sur’ati 114,7 % ni tashkil etdi.

2023-yil 1-fevral holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan keyin ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib (soni 89170 ta), ular sonining so‘nggi yillardagi  dinamikasi quyidagicha:

Tuproqqal’a tumanida 2023- yilning 1- fevral holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni  737 tani tashkil qilgan.

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra,  Yangiariq tumanida joriy yilning yanvar oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi 40,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning  1- fevral holatiga  faoliyati ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari soni 25 190 tani tashkil qilgan.

Joriy yilning  yanvar oyida  Yangibozor tumanida bajarilgan jami qurilish ishlarining 4,9 mlrd so‘mi yoki 37,7 % kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar oyida  41,3 mlrd so‘mlik fuqarolik obyektlari qurilishi ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 25,3 %ni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyi holatiga Xorazm viloyati bo‘yicha o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 278,8 ming so‘mni (2022- yilning yanvar oyiga nisbatan 82,3 %) tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2023- yilning yanvar oyida viloyatning import hajmi 48,9 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan 2,1 martaga oshdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  viloyatimizda  2023- yilning yanvar oyida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 614,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra,  Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar oyida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining hududlar kesimidagi hajmi:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  viloyatimizda 2023- yilning yanvar oyida  chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 541,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan va 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish 83,7 % darajada qayd etilgan.

Xorazm viloyatida  2023- yilning 1- fevral holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 28 471 tani tashkil etib, 2019- yil bilan solishtirilganda ularning soni  12 904 taga oshgan.