Dastlabki  ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida  kichik  biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana  savdo tovar aylanmasi hajmi  2023- yilning yanvar oyida  471,8 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish 80,0 %ga teng bo‘lgan (20,0 % ga kamaygan).

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida  2023- yil yanvar oyida 52,4 mlrd so‘mlik   aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatilgan  bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,7 %ni tashkil qilgan.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov  tomonidan viloyatning barcha hududlariga chiqib, idora va tashkilotlarda  statistika sohasiga oid yangiliklar, xususan, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatidan keng  jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida  seminar tashkil etib kelinmoqda.

2023-yilning 1-fevral holatiga  respublikamizda tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 20 207 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlar ulushining 3,5 foizini tashkil etdi. Ularning so‘nggi besh yildagi o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks topdi:

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar:

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan.

2023- yilning 1-yanvar holatiga Xorazm viloyatidagi maktablar soni 573 tani tashkil etgan.

Xiva shahrida 2023- yilning  1- fevral holatiga 2 179 ta kichik biznes subyekti faoliyat ko‘rsatgan.

2023- yilning  1- fevral holatiga  Qo‘shko‘pir tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,2 %ga oshdi va 2 232 taga yetdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  viloyatimizda 2023- yilning yanvar oyida  541,1 mlrd so‘mlik chakana savdo tovar aylanmasi amalga oshirilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yil 1- fevral holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalar soni 5 944 tani tashkil etib, 2022- yilning 1- fevraliga nisbatan  795 taga oshgan (o‘sish sur’ati 115,4 %).

Xorazm viloyatida  2023- yilning yanvar oyida 114,7 mlrd so‘mlik bino va inshootlar qurilishi ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 70,0 %ni tashkil qilgan.

2022- yil yakunlari bo‘yicha Xorazm viloyati qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 14 212,1 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida Xorazm viloyatida 873,6 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. Xizmatlar umumiy hajmining iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanishi:

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra,  viloyatimizda 2023- yil yanvar oyida xizmatlar sohasida yuqori o‘sish moliyaviy xizmatlar (22,2 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (19,7 %), me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (20,4 %) va ta’lim sohasidagi  xizmatlarda (28,5 %) qayd etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  viloyatimizda 2023- yilning yanvar oyida  aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari  hajmi 450,1 ming so‘mga yetdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyida Xorazm viloyatining xizmatlar eksporti hajmi 1,0 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 4,9 %ni tashkil etdi.

📊Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra,  2023- yil yanvar oyi  yakunida Xorazm viloyatining tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlari tarkibida Pokiston (eksport umumiy hajmining 35,6 %), Rossiya Federatsiyasi (25,5 %), Qirg‘iziston  (12,8 %), Turkiya  (6,4 %), Eron (4,2 %), Qozog‘iston (4,0%) va Xitoy Xalq Respublikasi (3,2 %) saqlanib qolmoqda.