02/03/2023

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar oyida xorijiy davlatlarga qiymati 1,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 502,4 ming juft sport oyoq kiyimlarini eksport qilgan. 

 Sport oyoq kiyimlari eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 36,3 ming juftga oshgan.

Yanvar oyida O‘zbekiston eng ko‘p sport oyoq kiyimlarini eksport qilgan davlatlar:

— Qirg‘iz R. – 192 ming juft

— Tojikiston – 168 ming juft

— Qozog‘iston – 102 ming juft

— Boshqa davlatlar – 40 ming juft

Matbuot xizmati