Bugun, 18- sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasining Narx statistikasi bo'limi boshlig'i Sh.Babajanov Urganch shahridagi “To‘maris-Nur” gipermarketida iste’mol narxlari indeksi (INI)ning navbatdagi kuzatuvini o‘tkazdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida, kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 481,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmidagi ulushi 12,9 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyul oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar hajmi 377 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 39 078 tani tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda 4 448 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ularning soni 598 taga ko‘paygan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida Xorazm viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 7 253,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning  yanvar-avgust oylariga  nisbatan  104,0 % ga  yetdi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Urganch tumanida ko‘rsatilgan transport xizmatlari hajmi 113,2 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 %ga oshgan.

2023-yil 1-iyul holatiga Hazorasp tumaniining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni  91,8 ming boshni, shundan sigirlar – 38,1 ming boshni, qoʻy va echkilar – 63,1 ming boshni, otlar – 268 boshni hamda parrandalar – 450,4  ming boshni  tashkil etdi.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida Yangibozor tumaniga xorijiy davlatlardan 3,6 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar import qilingan.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida  Qo‘shko‘pir tumani umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi hajmi 2,4 mlrd so‘mni tashkil qildi.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida Xiva shahri xorijga 8,2 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirgan.

2023- yilning 1- sentabr holatiga Xorazm viloyatida 31 039 ta tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, shundan 23 631 tasi faoliyat yuritgan.

Shu yilning 1- sentabr holatiga viloyatimizda sog‘liqni saqlash yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan 607 ta korxona va tashkilotning 570 tasi yoki 94,2 %i sogʻliqni saqlash sohasidagi faoliyat hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida Xiva tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 14,1 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,4 %ga oshgan.

2023- yilning 1- sentabr holatiga viloyatimiz bo‘yicha qurilish sohasida 1 748 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida Gurlan tumani xorijdan qiymati 5,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan tovar va xizmatlarni import qilgan.

Joriy yilning  yanvar-iyul oylarida  Tuproqqal’a tumani umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi hajmi 4,0 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Xorazm viloyatida 2022- yilda kichik korxona va  mikrofirmalarning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 4 771,8 mlrd so‘mni  tashkil etgan.