18/09/2023

2023- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda 4 448 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ularning soni 598 taga ko‘paygan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tahlillar, savdo sohasida yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 1 348 tadan 1 911 taga (o‘sish 563 taga), tashish va saqlashda – 163 tadan 280 taga (o‘sish 117 taga), qurilishda – 134 tadan 169 taga (o‘sish 35 taga) ko‘payganini ko‘rsatgan.

 

 

Axborot xizmati