2023- yilning 1- sentabr Xorazm viloyatida 4 020 ta sanoat korxona faoliyat ko‘rsatib, ularning hududlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan:

Bugun, 15- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Berdiyev (Xiva shahrida) va boshqarmaning Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Bobojonov (Urganch shahrida) tanlanma narx kuzatuvlari dislokatsiyasiga tushgan savdo shaxobchalarida iste’mol narxlari indeksi (INI) kuzatuvini o‘tkazdilar.

2023/2024  o‘quv yili boshiga Statistika organlariga taqdim etiladigan “Umumta’lim muassasasining o‘quv yili boshiga” 1 umumta’lim shakli (yillik) statistika hisobotini 2023- yil 10- oktabrdan kechiktirmay, “Elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi – estat 4.0 (http://hisobot.stat.uz/uz/login/) orqali taqdim etishingiz so‘raladi.

Statistika agentligi uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2023- yilning yanvar-avgust holatiga O‘zbekistonda 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,4 % ni tashkil etgan.

2023-yil 1-iyul holatiga, Xorazm viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 948,6 ming boshni (2022-yil 1-iyul holatiga nisbatan 101,2 %), shundan sigirlar – 357,2 ming boshni (101,9 %), qoʻy va echkilar – 481,2 ming boshni (105,0 %), otlar – 5,5 ming boshni (102,0 %) hamda parrandalar – 6 824,7 ming boshni (108,6%) tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan  moliyalashtirilgan 786,7 mlrd. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi va jami investitsiyalardagi ulushi 74,2 %ni tashkil etdi.

2023- yilning 7 oyi yakunlariga ko‘ra, Urganch shahrining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 1666,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida  Shovot tumani umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi hajmi 11,3 mlrd so‘mni tashkil qildi.

2023- yilning 1- sentabr holatiga viloyatimizda 4 020 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan bo‘lib, so‘nggi besh yil ichida  ular sonining o‘sish sur’ati 135,5 %ni tashkil etgan.

2023- yilning  1- sentabr holatiga viloyatimizda 26 704 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibi quyidagicha bo‘lgan:

2019-2023- yillar kesimida (1- sentabr holatiga)  Xorazm viloyatida  faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar sonining o‘zgarish dinamikasi:

Xorazm viloyatida 2022- yilda kichik korxona va  mikrofirmalar tomonidan joriy qilingan innovatsiyalar 177 tani tashkil etgan.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida Xonqa tumani xorijga 20,5 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- sentabr holatiga faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni (26 704 ta)ning hududlar kesimida taqsimlanishi:

2022- yilda kichik korxona va  mikrofirmalarning ovqatlanish bilan ta’minlash bo‘yicha tovar aylanmasi  hajmi  253,1 mlrd so‘mni  tashkil etgan.

Joriy yilning 7 oyi yakunlariga ko‘ra, Yangiariq tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 31,7 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida 451 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Bog‘ot tumaniga xorijiy davlatlardan tashqi savdo tovar aylanmasining 26,9 %iga teng bo‘lgan 5,7 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar (xizmatlar) import qilingan.