18/09/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida Xorazm viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 7 253,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning  yanvar-avgust oylariga  nisbatan  104,0 % ga  yetdi.

Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 445,4 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 89,8 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining  tovar aylanmasi 6808,2 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 105,1 %),  shundan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 416,8 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 104,2 %) tashkil etdi.

 

Axborot xizmati