18/09/2023

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida Xiva tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 14,1 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,4 %ga oshgan.

TSA tarkibida eksport hajmi – 8,9 mln dollarni, import – 5,2 mln dollarni tashkil qilgan.

Xiva tumani tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 65,2 % (9,2 mln dollar)ni tashkil etgan.

 


Axborot xizmati