2023– yilning yanvar– iyun oylarida viloyatimizning barcha toifadagi xo‘jaliklari tomonidan 7 679,5 tonna  baliq ovlandi.

Xorazm viloyati bo‘yicha joriy yilning 6 oyida 1156 tonna uzum yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,6 %ga oshgan.

📊 Joriy yilning  yanvar-iyun oylarida Xonqa tumanida 761,0 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Urganch tumani viloyatda sut ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilar qatorida bo‘lib, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida tumanda 68,9 ming tonna sut ishlab chiqarilgan.

2023- yilning  yanvar-iyun oylarida viloyatimiz bo‘yicha 97,2 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) ishlab chiqarilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 37 632 tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

2023- yil yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida avtomobil transportida  18,0 mln tonna yuk tashilgan bo‘lib, yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 96,0 % ni yoki 17,3 mln tonnani tashkil etdi.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- iyul holatiga barcha qatnov turlari bo‘yicha jami temir yo‘l transportida tashilgan yo‘lovchilarning 14,6 % yoki 720 mingtasi “Afrosiyob” tezyurar poezdida tashilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 98 614 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida 81 mln yoʻlovchi tashilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yil yanvar-iyun oylarida 3,1 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

2023- yil yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyati sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 18,4 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar- iyun oylarida Xorazm viloyatimizga 14,9 mln AQSH dollarlik sanoat mahsulotlari importini amalga oshirgan bo‘lib, shundan 2,6 mln dollarini to'qimachilik iplari, matolar tashkil qilgan.

2023- yilning 1- iyul holatiga Gurlan tumani aholisi soni 155,6 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, aholining 66,5 ming nafari shahar, 89,1 ming nafari qishloq joylarida istiqomat qilgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizga xorijdan 21,1 mln AQSH dollari qiymatidagi yog‘och mahsulotlari import qilingan.

2023- yilning 1- iyul holatiga Yangibozor tumanida 1 147 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritgan bo‘lib, shundan 44,5 %i yoki 510 tasi savdo sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra,  40,9 mlrd so‘mlik rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 121,2 % ni tashkil qildi.