2023- yilning 1- sentabr holatiga Xorazm viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida 2 670 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida  Urganch tumanida faoliyat yuritayotgan 440 ta sanoat korxonasi tomonidan  536,7 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

2023- yil 1- sentabr holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 5 996 tani tashkil etib, 2022- yil 1- sentabrga nisbatan  495 taga ko‘paygan (o‘sish sur’ati 109,0 %).

2023- yilning yanvar-avgust oylarida  viloyatimizda 4 535 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan  bo‘lib, ularning soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 594 taga ko‘paygan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Gurlan tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 496,2 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 %ga oshgan.

2023- yilning 1- sentabr holatiga  Xorazm viloyatida  34 403 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa, ularning 77,6 %i yoki 26 704 tasi faoliyat ko‘rsatgan.

Bugun, 13- sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A. O‘tamuratov, Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Bobojonov va Urganch shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Davletovlar shahardagi “Megasfera” mebellar do‘konida sotilayotgan tovarlarning iste’mol narxlari indeksi (INI) kuzatuvini o‘tkazdilar.

Urganch shahridagi “Shodlik” mahallasida huquqiy targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida koʻp qavatli uylar soni 47 776 taga yetdi. Ularning eng koʻp soni Toshkent shahrida qayd etilgan – 11 258 ta.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy fondining umumiy maydoni 658,4 mln. kv. m.ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 59,1 %ni tashkil etdi. Ma’lumot uchun: mazkur ko‘rsatkich 2022-yilda  59,1 %ni va 2021-yilda 62,7 %ni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra,  Xorazm viloyati sanoatida 50,3 mlrd so‘mlik elektr uskunalari ishlab chiqarilgan bo‘lib, ishlab chiqarish sanoatidagi  ulushi 0,5 %ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 198,4 %ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- avgust holatiga  Urganch shahrida 5 666 ta kichik biznes subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, shundan 4 266 tasi faoliyat yuritgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Gurlan tumanida  298 ta yangi  kichik biznes subyekti tashkil etilgan.

2022- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof  tushum 1 034,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati korxonalari tomonidan 2023- yilning yanvar-iyul oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 4,5 mlrd so‘mga yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 0,04 % ga to‘g‘ri keldi.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida Hazorasp tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 36,3 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 184,3 % darajada qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Yangiariq tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,3 %ga oshdi va 124,0 mlrd so‘mni tashkil qildi.