19/09/2023

  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev bugun, 19- sentabr kuni Xiva shahridagi “Angarik” mahallasidan tanlanma kuzatuvga tushgan O.Qurbonov xonadonida  uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.
  So‘rovnoma shaklida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida respondentdan olingan ma’lumotlarni boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi  Yu.Polvonova qayd etib bordi.

  Ijtimoiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan mazkur kuzatuvlar uy xo‘jaliklari  turmush tarzi holatini tahlil qilish uchun doimiy va ishonchli ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qiladi.

Axborot xizmati