Xorazm viloyatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sanoat korxonalari tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 9 633,7 mlrd  so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan fizik hajmi indeksi – 104,4 % ga teng bo‘lgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar  hajmi 141,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylarida  Xorazm viloyati hududlari kesimida chakana savdo tovar aylanmasi hajmining taqsimlanishi:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda 1 274,7 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda 434 519 ta tug‘ilish qayd etilgan.

2023-yilning 1-iyul holatiga respublikamizda jami 34102 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘sa, ulardan 2 526 tasi joriy yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etildi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 29,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 4,7 mlrd AQSH dollariga yoki 19,4 % ga oshgan.

Hazorasp tumanida joriy yilning yanvar-iyun oylarida  221 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan bo‘lib, ularning faoliyat yuritayotganlar soniga nisbati 16,2 %ni tashkil qilgan.

2023- yil 1- iyul holatiga Xonqa tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona va tashkilotlar 2 242 tani tashkil etib, shundan 2 045 tasi yoki 91,2 %i faoliyat yuritgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida jami 2 482,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati  2022- yilning mos davriga nisbatan 107,0 % ni tashkil etdi.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subektlari soni 2019- yilning mos davriga nisbatan 8 839 taga oshdi va 23 279 taga yetdi.

2023- yilning 1- iyul holatiga viloyatda axborot va aloqa sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 376 tani tashkil etib, ularning 43,9 %i yoki 165 tasi kompyuter dasturlashtirish va axborot xizmati ko‘rsatish yo‘nalishlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida savdo sohasida 1 386 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatining tashqi savdo aylanmasi (TSA) 455,2 mln AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 78,6 mln AQSH dollariga yoki 20,9 % ga ko‘paydi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil yanvar-iyun oylarida viloyatda bozor xizmatlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  9,5 %ga oshdi.

 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 5 160,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning  shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,3 % ga yetdi.

Bugun, 20- iyul kuni viloyat statistika boshqarmasining Narx statistikasi bo'limi boshlig'i Sh.Babajanov Urganch shahridagi “To‘maris-Nur” gipermarketida iste’mol narxlari indeksi (INI)ning navbatdagi kuzatuvini o‘tkazdi.