2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Xiva tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 512,5 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,2 %ga oshgan.
Jami hajmda markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 251,0 mlrd so‘mni (o‘sish 50,9 %) tashkil etgan.
Markazlashgan investitsiyalar tarkibi:
respublika byudjeti mablag‘lari – 15,8 mlrd so‘m
Hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 232,2 mlrd so‘m
suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari – 3,0 mlrd so‘m.
Axborot xizmati