2023- yilning yanvar-mart oylari davomida viloyatimizning  ishlab chiqaradigan sanoatida 33 994,1 tonna paxta tolasi  ishlab chiqarilgan.

 Xorazm viloyatida joriy yilning o‘tgan 3 oyida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarning hajmi 42,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yilning  yanvar-mart oylarida  viloyatda bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori hajm ko‘rsatkichi Urganch shahrida qayd etilgan va 221,0 mlrd so‘mni yoki jamiga nisbatan 24,5 %ni tashkil qilgan.

 Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 3 194,3 mlrd so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 104,7 % ni tashkil qildi.

Gurlan tumanida joriy yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 59,4 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,5 %ga oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 293,3 ming dona qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 martaga oshgan.

Joriy yilning 1- aprel holatiga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 12 368 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 171,7 foizni tashkil etdi.

2023- yilning  1- aprel holatiga Hazorasp tumanining doimiy aholisi soni 202,9 ming kishini tashkil qilib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 1,8 %ga oshgan.

Urganch shahrida 2023– yilning yanvar– mart oylarida 972,0 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan hajmning o‘sishi 10,9 % darajada qayd etilgan.

Xorazm viloyatida  2023– yilning yanvar– mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 2669,9 tonna (2022– yilning yanvar– martiga nisbatan 102,5 % ga ko‘p) baliq ovlandi.

Yangibozor tumanida joriy yilning yanvar-mart oylarida  hajmi  201,6 mlrd so‘mlik qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari ishlab chiqarilgan.

Qo‘shko‘pir tumanida 2023- yilning yanvar-mart oylarida  hajmi 405,8 mlrd so‘mlik qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 145,3 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning  1- aprel holatiga Urganch tumani doimiy aholisining soni 210,3 ming kishini tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Yangiariq tumanida 33,0 mlrd so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2022- yil yanvar-mart   oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 126,2 foizni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-mart  oylarida  viloyatning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 97,7 % ni tashkil etdi.

 Xorazm viloyatida  joriy yilning yanvar-mart  oylarida  aholi jon boshiga iste’mol  mahsulotlari ishlab chiqarilishi 1 412,1 ming so‘mni tashkil etib (2022- yil yanvar-mart oylarida 1 278,7 ming so‘m), o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 110,4 % o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning 5- may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida “Xorazm viloyatida sog‘liqni saqlash tizimining statistik ko‘rsatkichlari tahlili” mavzusida seminar tashkil etildi.

Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish, olingan ma’lumotlardan aholi farovonligini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqilishida  statistika idoralari xodimlari tomonidan uy xo‘jaliklarida olib borilayotgan kuzatuvlarning ahamiyati katta.