Xonqa tumanida   faoliyat ko‘rsatayotgan  sanoat korxonalari (405 ta)  tomonidan 2022- yilning 7 oyida  343,2 mlrd so‘mlik  sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Yangibozor tumanining 2022- yil yanvar-iyul oylaridagi chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 148,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2021- yilda viloyatda faoliyat ko‘rsatgan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 29 ta innovatsiya  joriy qilingan bo‘lib, shundan 27 tasini texnologik innovatsiyalar tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-iyul oylarida  bajarilgan yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 758,5 mlrd so‘mni yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 31,1 % ni tashkil etgan.

2022- yilning 7 oyida viloyatda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 90,7 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda moddiy madaniy meros obyektlari soni jami 8210 tani tashkil etgan boʻlib, shundan 7827 tasi davlat mulki, 383 tasi esa xususiy mulk hisoblanadi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 - yilning yanvar-iyul oylarida 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan  19 038 dona gaz plitalar eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida   Urganch shahrining xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo  tovar aylanmasi hajmi 81,8 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2022- yilning  1- avgust holatiga Yangiariq tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan  1 604 ta korxona va tashkilotning  1 486 tasi yoki  92,6% faoliyat ko‘rsatgan (2021- yilning mos davriga nisbatan ularning soni  16,5% ga oshgan).

Urganch tumanida   faoliyat ko‘rsatayotgan 249 ta tashkilot  tomonidan 2022- yilning 7 oyida 213,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati   124,7 %ni tashkil qilgan.

Xorazm viloyati  2022- yilning yanvar-iyul oylarida  Qozog‘istonga qiymati 19,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan.

Xorazm viloyatida 2021- yil oxiriga faoliyat ko‘rsatgan kichik korxona va mikrofirmalar tasarrufidagi yuk avtomobillari  soni jami  3522 tani tashkil etgan bo‘lib, shundan  735 tasi ( jamining 20,9 %i) xalqaro qatnovda band bo‘lgan.

2022- yilning 7 oyi natijalariga bo‘yicha viloyatda iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish aholi jon boshiga o‘rtacha 3147,9 ming so‘mni tashkil etgan va ?2021- yilning yanvar-iyul davriga nisbatan o‘sish sur’ati 118,6 %ga teng bo‘lgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022- yilning yanvar-iyul oylarida Xitoydan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi:

Qo‘shko‘pir tumanida joriy yilning 7 oyida 210,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib,  o‘tgan yilning shu davriga nisbatan fizik hajm indeksi 100,3 %ni tashkil qilgan.

Bog‘ot tumanida joriy yilning yanvar-iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 316,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2022-  yilning yanvar-iyul oylarida  viloyatning yirik qurilish tashkilotlari  tomonidan  273,6 mlrd so‘mlik yangi qurilish ishlari  bajarilgan.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatning (Urganch va Xiva tumanlaridan tashqari) 11 ta hududida joylashgan dehqon bozorlarida o‘tkazilgan  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi  savdo aylanmasi hajmining 472,3 mlrd so‘mni tashkil etganini ko‘rsatgan.