2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat sanoat ishlab chiqarishining 52,5 %i Tuproqqal’a tumani hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Tahlillarga ko‘ra, 2023- yilning 9 oyida tumanning sanoat ishlab chiqarish hajmi 7 trln 953,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 101,5 % darajada qayd etildi.
Axborot xizmati