Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022- yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 2,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan  25 266 dona gaz plitalar import qilingan.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 41,6 ming tonna baliq ovlandi.

      Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida viloyat  korxonalari tomonidan 9 606,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 115,5 %ni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning 1- avgust holatiga tashish va saqlash xizmatlari sohasida 927 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ularning soni 18,1 %ga oshgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yil yanvar-iyul oylarida  viloyatda umumiy hajmi 1 418,3 mlrd so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan  (2021- yilning mos davriga nisbatan  19,6 %ga oshgan) va jami xizmatlardagi  ulushi 25,2 %ni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida 2022- yilning yanvar-iyul oylarida ko‘rsatilgan xizmatlarning hududlar kesimidagi hajmi:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yilning   yanvar-iyul oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi  2 916,6 ming so‘mni tashkil etgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,7 %ga teng bo‘lgan.

Xorazm viloyatida  2022- yil yanvar-iyul oylarida bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik tashkilotlarning ulushi 11,2 %ni tashkil etgan.

Avval xabar berganimizdek,  joriy yilning avgust oyida respublikamizning barcha hududlarida uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish jarayonlaridan fotolavhalar

  Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- avgust holatiga O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari:

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida jami  oilalar soni 9 424 787 tani tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  viloyatda 2022- yilning yanvar-iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 6 644,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 13,5 %ga oshgan.

Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan  kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2022- yilning yanvar-iyul oylarida 1343,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-iyul oylarida  bajarilgan qurilish ishlarining hududlar kesimidagi hajmi:

Joriy yilning 1- avgust holatiga  viloyatda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 4 577 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,5 %ga oshgan.

2022- yilning   1- avgust holatiga viloyatda  xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 17 366 tani tashkil qilgan, bu jami korxonalarning 63,9 %iga teng.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yil yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 630,3 mlrd so‘mga yetib, uning nominal hajmi 1 006,0 mlrd so‘mga oshgan.