14/11/2023

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda.
2023- yilning 14- noyabr kuni navbatdagi 5 narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvi Yangibozor tumani dehqon bozorida olib borildi.


Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov  ishtirok etdi va tuman statistika bo‘limi mutaxassisi (narx registratorlari)ga sotilayotgan mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini kuzatish va planshetlarga qayd etish davomida narxlarning shaffofligiga asosiy e’tiborni qaratishga doir zarur tavsiya va ko‘rsatmalarni  berdi.



Axborot xizmati