30/11/2023

2023- yilning  29- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan  seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda boshqarmasi yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi (2023- yil  9- noyabr) O‘RQ- 877-sonli Qonuni hamda joriy yilning noyabr oyida mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarining mazmuni  bilan tanishtirdi.

  Shu bilan bir qatorda Adliya vazirligi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mohiyatini ochib beruvchi videoroliklar namoyish etildi.

  

Axborot xizmati