01/12/2023

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining  39,6 %i yoki   1 825,0 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 96,6 %ni tashkil etdi (3,4 %ga kamaygan).

Ushbu sektorning qurilish ishlari tarkibida 1 251,4 mlrd so‘mi yakka tartibdagi
uy-joy qurilishiga to‘g‘ri kelib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 109,0 %ni, jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi ishlari hajmi 453,4 mlrd so‘mni va  86,3 %ni, yakka tartibdagi turar-joylarni ta’mirlash ishlari 120,2 mlrd so‘mni va 110,7 % ni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati