2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Yangibozor tumanida 82 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga ajrashish koeffitsiyenti 1,2 promilleni tashkil qilgan.
O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda ajralishlar koeffitsiyenti 0,1 promillega ko‘paygan.
Ma’lumot o‘rnida: joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda 1868 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan va har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 1,3 promilleni tashkil etgan.
Axborot xizmati