01/12/2023

2023- yilning  yanvar-oktabr oylarida Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi  560,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,8 %ga kamaygan.

Hududlar kesimida savdo hajmining eng yuqori o‘sish sur’atlari Xiva tumani (5,7 marta), Bog‘ot tumani (2,4 marta), Shovot tumanida (119,1 %) qayd etilgan.

 

Axborot xizmati