2023- yilning yanvar-mart oylarida kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi statistik hisoblarga qaraganda 760,3 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2022- yilning mos davriga nisbatan  o‘sish sur’ati 98,1 %ga to‘g‘ri keldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida  2023– yilning 1– aprel holatiga boqilayotgan parrandalarning umumiy bosh soni 6 548,3 mingtaga yetdi.

Joriy yilning  yanvar-mart oylarida  Bog‘ot tumanining xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 10,0 mln AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, shuning 77,7 %i (7,7 mln dollari) eksport hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Viloyatimizda 2023- yilning yanvar-mart oylarida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining ulushi 2,8 %ni tashkil etib, 59,7 mlrd so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 0,6 %ga ko‘paydi.

 Xorazm viloyatida   2023- yilning yanvar-martida YAHM deflyatori indeksi 2022- yilning yanvar-martidagi narxlarga nisbatan 115,8 %ni tashkil etdi.

Xiva shahrida 2023- yilning yanvar-mart oylarida  xizmatlar eksporti hajmi  91,8 ming AQSH dollarini tashkil qilgan.

2023– yilning yanvar– mart oylarida  Xorazm viloyatida  yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari umumiy hajmi (3 194,3 mlrd so‘m)da dehqon xo‘jaliklarining ulushi 87,9 %ni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida    2023- yil yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 92,5 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Urganch shahrining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 29,1 mln AQSH dollarini tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,9 %ga ko‘paygan.

Xorazm viloyatida  2023- yil yanvar - mart oylarida  kichik biznes subyektlarining eksportdagi ulushi 56,5 %ni tashkil qilgan.

2023-yil yanvar-mart oylarida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 2 499,0 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,6 %ga yetdi.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda.2023- yilning 10- may kuni  navbatdagi 5 narx (o‘rtacha) va 12 narx (iste'mol) kuzatuvlari Hazorasp tumani va Xiva shahrida olib borildi.

2023- yilning 1- aprel holatiga koʻra, kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 216 birlikni tashkil etib, shundan aynan xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 266 305 birlikni yoki 80,5 % ni egallaydi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 12,5 % ni tashkil etdi.

Xorazm viloyatida  2023- yilning 1- choragida  59,5 mlrd so‘mlik sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,0%ni, jami xizmatlar hajmidagi ulushi esa 2,2 %ni tashkil etgan.

 Xorazm viloyati  avtomobilsozlik sanoatida joriy yilning 3 oyida 16 855 dona yengil avtomobil (maxsus yengil avtomobillarsiz), 5 937 dona maxsus yengil avtomobil  ishlab chiqarilgan.

2023– yilning yanvar– mart oylarida Hazorasp tumanida 197,7 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

Xorazm viloyatida  2023- yilning 3 oyida kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 352,1 mlrd so‘mlik ishlar bajarildi  yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi  51,1 %ni tashkil  etdi.