07/12/2023

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Xiva tumani korxonalari tomonidan 278,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmida eng yuqori ulush to‘qimachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 51,4 % (143,1 mlrd so‘m) ni tashkil qilgan.

Ishlab chiqarishda yuqori ulushga ega boshqa sohalar:

koks va neftni qayta ishlash – 19,1 %

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 17,0 %

boshqa nometall mineral mahsulotlari ishlab chiqarish – 9,5 %

mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish – 2,3 %.

 

 Axborot xizmati