07/12/2023

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Urganch shahrida  933,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bu ko‘rsatkich viloyat bo‘yicha bajarilgan jami qurilish ishlarining 20,3 %ini tashkil etgan.

Jami qurilish ishlarining 79,7 %i davlat, 20,3 %i nodavlat mulkchilik shakliga ega bo‘lgan qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan.

Joriy yilning 1- noyabr holatiga shaharda 402 ta  qurilish tashkiloti faoliyat yuritgan.

 

Axborot xizmati