2023- yil yanvar-mart oylarida Yangibozor tumanida  asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmida aholi mablag‘larininig ulushi 33,5 % yoki 26,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  joriy yilning 3 oyi ichida Xiva tumanida 310,1 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati 101,3 %ni tashkil etgan.

📊 Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-mart oylarida  faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 741,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2023- yil yanvar-mart oylarida Urganch shahrining eksport hajmi 7,7 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida  xizmatlar sohasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida 371 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan.

Mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma’lumotlar ma’lum vaqt oralig‘ida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari orqali to‘planadi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev va tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi M.Yusupova bugun, 15- may kuni  Yangiariq tumanida xizmatlar sohasida o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish yuzasidan kuzatuv o‘tkazdilar.

Joriy yilning 12- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 59,3 %,  transfertlardan olingan daromadlar 32,2 % hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 8,5 % tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Xorazm viloyatida 845,6 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023- yilning yanvar-mart oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 17,9 mln. tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yuk joʻnatish hajmi 0,1 mln. tonnaga oʻsishi kuzatildi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekistonda uylar (kvartira) soni 7 301 164 tani tashkil etgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 36 197 781 kishini tashkil etgan. 

2023- yil yanvar-mart oylarida kichik biznes  subyektlari tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmining viloyat umumiy eksportidagi ulushi 56,5 % ini tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning 1- aprel holatiga Xiva shahrining doimiy aholisi soni 97,3 ming kishini tashkil etib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 1,8%ga ko‘paygan.

Gurlan tumanida 2023- yil yanvar-mart oylarida  146,7 mlrd so‘mlik bozor xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,8 %ni tashkil qilgan.

2023- yil yanvar-mart oylarida  Xiva tumanida  62,1 mlrd so‘mlik bino va inshootlar qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yil yanvar-mart oylarida Shovot tumanida  asosiy kapitalga 108,1 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va  kreditlar o‘zlashtirilgan.