Shu yilning 8 oyida Gurlan tumanida 316,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bog‘ot tumanida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi 367,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Shovot tumanida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida  148,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-avgust oylarida umumiy ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 129,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatiga  joriy   yilning   8 oyida xorijdan  qiymati 132,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari importi amalga oshirilgan.

Xorazm viloyati 2022- yilning yanvar-avgust oylarida xorijga  78,6 mln AQSH dollarlik sanoat tovarlarini eksport qilgan.

2022- yilning  30- sentabr sanasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Yuridik shaxslar, yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari tomonidan taqdim qilinadigan 4-mehnat chorak hisobot taqdim etish muddati 6-oktabr ekanligini ma‘lum qilamiz.

2022- yilning yanvar-avgust  oylarida respublika boʻyicha 165 476 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

?Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqaradigan sanoatda 42,5 mlrd so‘mlik rezina va plastmassa buyumlari  ishlab chiqarilgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda 3 941 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan va 2021- yilga nisbatan ularning soni 24,0 %ga oshgan.

Xorazm viloyati  2022- yilning  yanvar-avgust oylarida xorijga eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlari  hajmi (50,0 mln dollar)ning 43,7%i Rossiya Federatsiyasi, 41,6 %i  Qozogʻiston  va 9,7 %i  Pokiston  davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Joriy   yilning yanvar-avgust oylarida viloyatning 11 ta (Urganch va Xiva tumanlaridan tashqari) hududida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parranda va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilib, uning natijalari bo‘yicha savdo aylanmasi hajmi 658,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning yanvar-avgust oylarida 718,1 mlrd so‘mlik fuqarolik obyektlari qurilish ishlari bajarilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 162,2 %ni tashkil qilgan.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov viloyatning barcha hududlariga chiqib, idora va tashkilotlarda  statistika sohasiga oid yangiliklar, xususan, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatidan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida  seminar tashkil etib kelmoqda.

Joriy yilning 29- sentabr kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi  Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat xalq ta’limi  hamda maktabgacha ta’lim boshqarmalari bilan hamkorlikda  mehnat statistikasiga oid Davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartib-qoidalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 10- fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan barcha idora va tashkilotlarda davlat tilida ish yuritish belgilangan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022- yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 123 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 925 876 dona mobil telefon import qilingan.