Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bugun, 6- dekabr kuni “9- dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagishlangan “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Z.Rahimov ishtirok qildi.
Seminarda boshqarma xodimlariga iqtisodiy-ijtimoiy hayotimizda turli xildagi salbiy holatlarga sabab bo‘layotgan korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uni oldini olishda har birimiz bilishimiz kerak bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tdi va mavzuga doir savollarga batafsil javob berdi.
Axborot xizmati