2023- yilning yanvar-iyun oylari  viloyat sanoatida 48,7 mlrd so‘mlik elektr uskunalari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 228,0 % ni tashkil etdi.

  Viloyatimizda aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik davom etmoqda. Tayyorgarlik jarayonining ayni pallasida hududlardagi statistika bo‘limlari mutaxassislari tomonidan,  joyiga chiqqan holda, mahalla fuqarolar yig‘inlarining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni xarita bilan solishtirish, mahalla aholi sonini aniqlashtirish ishlarini olib borilmoqda.

Joriy yilning avgust oyida viloyatimizning barcha hududlarida statistika idoralari mutaxassislari tomonidan navbatdagi foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugun, 4-avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 2023- yilning  II choragi yakunlari hamda Davlat statistika Dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi tahlili va undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 46,5 ming tonna baliq ovlandi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 111,6 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida jami 3,9 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida jami 2,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashilgan (avtomobil va temir yo‘l transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 5,9 mln tonnani tashkil etgan.

Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar  2023- yilning yanvar- iyunida 2012,1 ming so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimiz xorijdan 107,4 mln AQSH dollarlik oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan.

Joriy yilning yanvar- iyun oylarida Xorazm viloyati xorijga qiymati 2,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan oyoq kiyimlarini eksport qilgan.

So‘nggi 5 yilda viloyat bo‘yicha qurilish sohasida umumiy hisobda 778 ta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil etilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida tashish va saqlash sohasida 192 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yil 1- iyul holatiga faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining har 1000 aholiga nisbati 14,0 birlikni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2022- yil 1- iyul holatiga nisbatan 0,9 birlikka kamaygan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida  9601 tonna poliz ekinlari yetishtirilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimiz bo‘yicha jami yetishtirilgan bug‘doy hajmi 304 100 tonnani tashkil qilgan.

Joriy yilning  1- iyul holatiga Bog‘ot tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 014 tani tashkil etib, shundan 1 606 tasi (79,7 %) faoliyat yuritgan.

2023- yilning  1- iyul holatiga Qo‘shko‘pir tumani doimiy aholisining soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 %ga ko‘paygan va 179 763 kishiga yetgan.