2024- yilning yanvar-iyul oyi yakunlariga ko‘ra, viloyat chakana savdo tovar aylanmasining 27,7 % ulushi Urganch shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.
Hududning chakana savdo aylanmasi hajmi 2,0 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning 7 oyiga nisbatan o‘sish sur’ati 108,1 %ga teng bo‘lgan.
Chakana savdo aylanmasining 91,6 %i shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati