Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimiz bo‘yicha 1 769,8 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davri bilan taqqoslaganda 10,3 %ga o‘sgan.
Transport xizmatlari umumiy hajmining 94,7 % ulushi avtomobil transporti xizxmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar orasida transport xizmatlarining eng yuqori hajmi Urganch shahrida qayd etilgan va 318,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,2 %ga oshgan.
Axborot xizmati