28/08/2024

2024- yilning yanvar-iyun oylarida  Shovot tumanida hajmi 804,9 mlrd so‘m bo‘lgan chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilib, viloyatdagi ulushi 10,2 %ni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,7 %ni tashkil etdi.

Tumanda ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmining tarkibida:

go‘sht (tirik vaznda) – 9,7 ming tonnani

sut – 58,4 ming tonnani

tuxum – 18,1 mln donani

ovlangan baliq – 0,5 ming tonnani tashkil etdi.

 

 Axborot xizmati