28/08/2024

Joriy yilning  1- avgust holatiga  Urganch shahrida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 6 978 tani tashkil etib, shundan 5 142 tasi (73,7 %i) faoliyat yuritgan.

Iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha eng ko‘p korxona savdo (1 665 ta), sanoat (663 ta), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (389 ta), qurilish (350 ta),  tashish va saqlash bo‘yicha xizmatlar (221 ta), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (206 ta) sohalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Faoliyat yuritayotgan korxonalarning 4 396 tasini (85,5 %ini) kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.

 Axborot xizmati