27/08/2024

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Yangiariq tumanidagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda 834,5 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, shundan 26,5 %i yoki 221,4 mlrd so‘mini dehqonchilik mahsulotlari tashkil qilgan.

Tumanda shu davrda quyidagi hajmdagi dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan:

jami don – 21,5 ming tonna, shundan bug‘doy – 21,3 ming tonna

kartoshka – 3,8 ming tonna

sabzavotlar – 11,3 ming tonna

poliz ekinlari – 0,7 ming tonna

meva va rezavorlar – 3,9 ming tonna

uzum – 89,2 tonna.

 Axborot xizmati