2024- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi 120,4 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 3,9 %ga oshgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari importi tarkibida yuqori hajmga ega tovarlar:
shakar, shakar mahsulotlari va asal – 107,6 mln dollar
hayvonlar uchun ozuqalar – 5,8 mln dollar
don va ularning mahsulotlari – 3,2 mln dollar
sut mahsulotlari va parranda tuxumlari – 2,3 mln dollar.
Axborot xizmati