2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra  Xorazm viloyatida  4 844 ta oilaviy korxona faoliyat yuritib, 2019- yilning mos davriga nisbatan ularning soni 2 673 taga ko‘paygan.

2023- yilning  1- avgust holatiga Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan 26 301 ta korxona va tashkilotning 23 119 tasini kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilgan.

2023- yil yanvar-iyul oylarida  viloyatimizda 3 727 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan.

2023- yil 1- avgust holatiga viloyatimizda ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 33 948 tani tashkil etib, shundan 26 301 tasi faoliyat ko‘rsatgan.

Joriy yilning 11- avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida avgust oyining birinchi o‘n kunligida mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyatimizning barcha hududlarida avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 4-TJ (turar joy) uy joylarning tanlanma kuzatuvlari olib borilmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning iyul oyida tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari iyun oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 1,1 % ga oshgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 29,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 4,7 mlrd AQSH dollariga yoki 19,4 % ga oshgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot va xizmatlar eksporti hajmi 99,1 mln AQSH dollarini tashkil etgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,1 %ga ko‘paygan.

Xorazm viloyatida shu yilning yanvar-iyun oylarida  savdo sohasida 1 386 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyati xorijga qiymati  42,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

2023- yilning 6 oyida viloyat importining o‘sishi tahlil qilinganda, 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati mineral yoqilgʻi, yogʻlash moylari va shunga oʻxshash materiallari importida qayd etilgan va 194,5 %ni tashkil qilgan.

2023- yil yanvar-iyun oylarida  Xiva tumanida faoliyat yuritayotgan 291 ta sanoat korxonasi tomonidan hajmi 224,9 mlrd so‘mlik mahsuloti ishlab chiqarilgan.

2023- yil yanvar-iyun oylarida viloyatimizda  2361,8 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning 6 oyi bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati 110,7 %ni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Xonqa tumanida asosiy kapitalga hajmi 213,2 mlrd so‘mlik markazlashmagan investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Urganch tumanida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida  349,3 mlrd so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan investitsiyalar hajmining o‘sish sur’ati 109,2 %ni tashkil qildi.

Yangibozor  tumanida 2023- yilning dastlabki 6 oyida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 208,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023– yilning yanvar– iyun oylarida viloyatda 9,6 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirilgan va o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,1 % o‘sish kuzatilgan.