Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  viloyatimizda 2023- yilning yanvar oyida xizmatlar tarkibida eng yuqori hajm moliyaviy xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan va 229,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  Xorazm viloyatida  2023- yilning yanvar oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 873,6 mlrd so‘mga yetib,  o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,6 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning  22- fevral kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov  va boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi  boshi mutaxassisi  N.Abdullayevalar  Urganch shahridagi “Navro‘z” mahallasidan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuviga tushgan   S.Xadjayeva xonadonida respondent N.Jumaniyozova bilan so‘rovnoma o‘tkazishdi.

Bugun, 22- fevral kuni  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan  navbatdagi 4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi  o‘tkazildi.

Joriy yilning 22- fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov va Yangibozor tumani statistika bo‘limi boshlig‘i B.Artiqovlar Yangibozor tumanida  uy-joylarning tanlanma kuzatuvi dislokatsiyasiga tushgan turar joylar kuzatuvini o‘tkazishdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha xalqaro yoʻnalishda jami 15 192 dona aviaparvozlar amalga oshirilgan boʻlib, 1 kunda oʻrtacha 41 ta aviaparvozlar amalga oshirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar oyida xorijdan qiymati 633,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 13 ta samolyot import qilgan.

Statistika agentligining ma‘lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni 19494 ming kishini tashkil etgan boʻlib, mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 0,8 foizga koʻpaygan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida O‘zbekistonda 5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Xonqa tumanida 733,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra,  Xorazm viloyatida  2022- yilda YAHM tarkibida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 71,6 %ni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra,  Urganch shahrida 2022- yilda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining  har 1000 aholiga nisbati 33,3 birlikni tashkil qilgan.

Urganch tumanida  2022- yilda asosiy kapitalga respublika byudjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiya hajmi  150,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Qo‘shko‘pir tumanida  2022- yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga  o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 969,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida  2023- yilning 1- fevral holatiga tashish va saqlash sohasida 1 056 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan (2022- yilning 1- fevraliga nisbatan o‘sish 23,8%).

Xorazm viloyatida  joriy yilning  1- fevral holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar  sohasida  faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2022- yilning shu davriga nisbatan 10,3 %ga oshgan va 609 taga yetgan.

Viloyatimizda 2023- yilning 1- fevral holatiga  savdo sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 8 939 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,7 %ga oshgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar oyida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 10,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.