Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida  2023- yil yanvar oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida eng  katta ulush savdo xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 23,8 %ni tashkil etgan.

Statistika idoralarining keng  jamoatchilik bilan mustahkam aloqa o‘rnatishidan asosiy maqsadlardan biri eng avvalo sohadagi yangiliklardan ularni o‘z vaqtida va to‘laqonli xabardor etib borishdan iboratdir.

2023- yilning  22- fevral kuni Urganch shahridagi “Ma’rifat” mahallasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan “Mahallada targ‘ibot” tadbiri doirasida qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘ibotiga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:

Statistika agentligining olingan idoraviy ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 287,1 ming dona yangi yengil avtomobillar yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Respublikamizda 2023- yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 6 075 tani tashkil etib, ularning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

 Statistika agentligining olingan idoraviy ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yil 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtomobillar soni 3,4 milliontani tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 8,8 trln so‘mni tashkil qildi.

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida so‘nggi 3 yilda sanoat sohasida eng ko‘p  ya’ni 606 ta  kichik korxona va mikrofirma non, xamirdan yangi tayyorlangan qandolat mahsulotlari, tort va pirojnoye ishlab chiqarish sohasida yangi tashkil etilgan.

Tuproqqal’a tumaniga  2022 - yilning yanvar-dekabr oylarida  635 kishi ko‘chib kelgan bo‘lib, har 1000 aholiga ko‘chib kelish koeffitsiyenti 11,1 promilleni tashkil qilgan.

2023- yilning 1- fevral holatiga  viloyatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 183 tani tashkil qilgan bo‘lib, ularning iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha tarkibi quyidagicha :

Xorazm viloyatida  joriy yilning  1- fevral holatiga yashash va ovqatlanish bo‘yicha  xizmatlar sohasida 1 719 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida Xorazm viloyati sanoat korxonalari tomonidan hajmi 327,1 mlrd so‘mga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yilning yanvar oyida viloyatimiz dunyoning 57 ta mamlakati bilan umumiy tovar aylanmasi 68,6 mln AQSH dollarini tashkil etgan tashqi savdoni amalga oshirgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar oyida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida  kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 87,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2023-yilning yanvar oyida  Xorazm viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi 541,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning  yanvar oyiga nisbatan 83,7 % ga yetdi (15,3 % kamaydi).

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar oyida 447 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida Xorazm viloyatida 174,5 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan.