06/03/2023

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar oyida 20 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,6 ming tonna choy import qilgan.

Choy importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 849 tonnaga oshgan.

Yanvar oyida O‘zbekiston eng ko‘p choy import qilgan davlatlar:

Xitoy – 2762 tonna

Eron – 335 tonna

Keniya – 144 tonna

Hindiston – 113 tonna

 BAA – 76 tonna

Shri-Lanka – 54 tonna

Rossiya – 27 tonna



Matbuot xizmati