2023- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning eksport  hajmida turli xil tayyor buyumlar eksporti 16,1 mln AQSH dollarni yoki 16,6 %ini tashkil etgan.

Xorazm viloyati sanoatida 2023- yilning yanvar-aprel  oylarida 28,2 mlrd so‘mlik elektr uskunalari ishlab chiqarilgan bo‘lib, jami ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 0,5 %ni,  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 172,4%ni tashkil qildi.

2023- yil yanvar-aprel oylarida viloyat hududlari kesimida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlari:

2023- yil yanvar-aprel oylarida viloyatda ko‘rsatilgan shaxsiy xizmatlar hajmi 138,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,9 %ga oshgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning  yanvar-aprel oylarida sanoat sohasida 323 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan.

2023- yilning 1- may holatiga viloyatda 12 505 ta MCHJ faoliyat yuritgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ularning soni 2,6 %ga oshgan.

2023- yil yanvar-aprel oylarida  Xiva tumanida  135,9 mlrd so‘m qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, umumiy hajmning 74,6 %ini yoki 101,3 mlrd so‘mini bino va inshootlar qurilish ishlari tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida Tuproqqal’a tumanining sanoat ishlab chiqarish hajmi 2724,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Gurlan tumanida 2023- yilning yanvar-aprel oylarida amalga oshirilgan chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 225,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Xonqa tumanining 2023- yilning yanvar-aprel oylaridagi tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 23,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 68,5 foizga ko‘paygan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida Yangiariq tumanida 27,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan.

Gurlan tumanining  2023- yilning yanvar-aprel oylarida bozor xizmatlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 197,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning shu davri bilan solishtirilganda, 11,0 foizga oshgani kuzatilgan.

Xonqa tumanida faoliyat yuritayotgan 120 ta qurilish tashkiloti tomonidan  2023- yilning 4 oyida umumiy hajmi 109,9 mlrd so‘mlik ishlar bajarilgan.

Joriy yilning 1- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev va Turmush darajasi statistikasi va uy xujaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri Yu.Polvonova Gurlan tumani, Gurlan shaharchasidagi “Bog‘iston” mahallasidan tanlanma kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan fuqaro M. O‘rinovning xonadonida kuzatuv o‘tkazdilar.

Bugun, 1- iyun kuni viloyatimizning Urganch va Gurlan tumanlarida o‘zini-o‘zini band qilgan jismoniy shaxslar va yakka tartibda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarning tanlanma kuzatuvi bo‘lib o‘tdi.

Shu kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarning kuzatuvi o‘tkazilmoqda.

Bugun, 31- may kuni  Xiva shahri, Yangiariq va Urganch tumanlarida  aholiga yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning faoliyatini o‘rganishga yo‘naltirilgan tanlanma kuzatuv o‘tkazildi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida shu yilning 30- may kuni  “Jaholatga qarshi ma’rifat. Yoshlarni axborot hurujlaridan asrashning zamonaviy usullari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi vakili E.Sapayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning  Urganch shahar bo‘limi bosh mutaxassisi O.Vaisov, shahar bosh imomi X.Kenjayev, statistika boshqarmasining xodimlari ishtirok etishdi.